French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir namanganlik yoshlar bilan uchrashdi
20:55 / 2025-09-18

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Namangan shahrida joylashgan IT Park binosida faoliyat yuritayotgan rezident kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Vazir rezidentlar faoliyati, ularning amalga oshirayotgan innovatsion loyihalari, AT xizmatlari eksporti va kelgusidagi rejalarini batafsil ko‘zdan kechirdi.

Vazir dastlab “SiteLabs” MCHJ korxonasida bo‘ldi. Mazkur kompaniya xorijiy davlatlarga e’lonlar berishda autsorsing xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Korxona yil boshidan buyon 300 ming AQSH dollarlik xizmatlarni eksport qilishga erishib, 74 nafar yosh mutaxassisni ish bilan ta’minladi.

Muloqotlar jarayonida, vazir yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassislar bo‘lishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shu maqsadda kelgusida yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishda kompaniya imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Nigora Rahmonova, O‘zA.