Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir muddatidan oldin ovoz berdi
15:10 / 2021-10-18

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov xorij safarida bo‘lishi bois 894 -saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qildi va o‘z huquqidan foydalanib, 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga muddatidan oldin ovoz berdi.

Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.   

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida to‘xtatiladi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA