Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov A.P.Xlebushkina nomli 22-sonli Mehribonlik uyiga qarashli «Gulbahor» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘ldi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi oromgohdagi dam olish sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
Ayni vaqtda 60 nafar bola dam olayotgan mazkur oromgohning moddiy texnik bazasi, faoliyati o‘rganildi. Bolalar bilan yoz mavsumini unumli o‘tkazish bo‘yicha suhbatlashildi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan so‘ng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar (keyingi o‘rinlarda – ta’lim muassasalari), shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zA