French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir mahalla "beshligi" faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqdi
20:44 / 2023-08-09

Buxoro viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev boshchiligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Videoselektorda vazirlik mutasaddilari, viloyatdagi Камбағалликни qisqartirish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limlari hamda “Mahalla beshligi” vakillari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda “Mahalla beshligi” ning asosiy vazifalari, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalarida erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, sohadagi mavjud kamchiliklar tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.

Buxoro viloyatida kambag‘allik darajasi yil boshida 12,2 foiz bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib, 11,1 foizni tashkil etayotganligi, yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 10 foizga tushishi kutilayotgani ta’kidlandi.

Hozirga qadar Buxoroda 8,7 ming ishsiz va kambag‘al oila a’zolari kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilgan. Yil yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkich 18 ming nafarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Qolaversa, mahallalarda hokim yordamchilari tavsiyasi bilan aholining tadbirkorlik tashabbuslari uchun 24,6 mingta loyihaga 593 milliard so‘m kreditlar ajratilgan bo‘lib, bu 2022 yilning 6 oyiga nisbatan 147 foizga o‘sganligini anglatmoqda.

Shuningdek, kambag‘al oilalarning tadbirkorlik, kasanachilik va hunarmandchilik faoliyatini rag‘batlantirishga 15,7 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan baravarga ko‘paygan. Деҳқончилик qilish uchun 13,9 ming aholiga 5,7 ming gektar ekin maydonlari ijara asosida ajratilgan.

Yig‘ilishda, sohadagi ijobiy yutuqlarga qaramasdan ayrim “mahalla beshlik”lari tomonidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid ostiga olindi.

Xususan, Buxoro shahridagi, “Losha”, “Ko‘ksaroy” Buxoro tumanidagi, “Bog‘ikalon”, Jondor tumanidagi, “Oydin”, “Samonchiq”, “Zarafshon”, Kogon tumanidagi “Geofizika”, Peshku tumanidagi “Susana”, Romitan tumanidagi “Qoqishtuvon”, “Baxtiyorchi”, Shofirkon tumanidagi “Mahallaqozi”, Qorovulbozor tumanidagi “Cho‘lquvar” va “Bo‘ston” mahalla raislari berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmay mahalla ahlining e’tiroziga sababchi bo‘lgan.

Shuningdek, Buxoro shahridagi “Fayzullo Xo‘jayev”, “Sheyxon”, “Otbozor” mahalla raislari, Vobkent tumanidagi “Quruvchi”, Kogon tumanidagi “Xo‘ja yakshaba”, Qorako‘l tumanidagi “Mirza qal’a”, “Darg‘ali” mahalla raislari tomonidan “mahalladagi beshlik” faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. Natijada o‘zaro hamkorlikda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yechimini topmagan.

Bundan tashqari, Buxoro shahridagi “Navbahor”, Buxoro tumanidagi “Shergiron” Jondor tumanidagi “Darveshi”, G‘ijduvon tumanidagi “Fayzullo Xo‘jayev” mahallalarining raislari o‘z xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan qarab,   aholi muammolarini hal etishda e’tiborsizlik qilgan. 

Yig‘ilishda faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan mazkur mahalla mas’ullariga nisbatan tegishli tartibda jazo choralari qo‘llanilishi belgilandi.

Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirishda erishilgan natijalar muhokama qilindi. 

Hokim yordamchilarining yarim yillik faoliyat natijalarga ko‘ra, 130 nafari “a’lo”, 280 nafari “yaxshi”, 105 nafari “qoniqarli”, 29 nafari “qoniqarsiz” deb baholandi.

Mahallalar kesimida Buxoro shahrining “Piridastgir”, Vobkent tumanining “Charmgaron”, Shofirkon tumanining “Talsangobod” va “Mingchinor” G‘ijduvon tumanining “Ko‘kcha” mahallalari hokim yordamchilari viloyatda eng yaxshi natija ko‘rsatgan bo‘lsa, Vobkent tumanining “Qo‘qin”, Kogon tumanining “O‘zbekiston” mahallasiOlot tumanining “Davlatbosh” mahallasi, Vobkent tumanining “Xayrobod” mahallasi eng past natijani qayd etgan.

Ayniqsa, Olot tumani “O‘zbekiston” MFY hokim yordamchisi Mirali Jo‘raqulov, Qorako‘l tumani “Quvvacha” MFY hokim yordamchisi Otabek Mehmonov o‘z xizmat vazifasiga o‘ta sovuqqon munosabatda bo‘lgani aniqlangan. Yig‘ilishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan bu kabi hokim yordamchilariga hayfsan jazosi berildi. 

Shuningdek, vazir B. Musayev viloyatdagi 23 ta MFYda  hokim yordamchisi lavozimi haligacha vakant turganini tanqid qildi. Bu bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berdi.

Yig‘ilishda hatlov ishlari bo‘yicha sohadagi qator kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Ҳатлов ma’lumotlari platformada to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilmaganligi, ya’ni nomiga, xonadonga bormasdan o‘tkazilganligi tanqid qilindi. Joriy yilda boshlangan “xonadonbay” hatlov ishlarini to‘liq yakuniga yetkazilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Qolaversa, hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 1 614 ta  “mahallabay” mikroloyihalardan 383 tasi ishga tushirilib, 1 324 mingta ish o‘rinlari yaratilgan. Biroq, 377 ta mikroloyihalar hamon foydalanishga topshirilmasdan kelinayotgani jiddiy e’tirozga sabab bo‘ldi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 2022-2023 yillarda hokim yordamchilari tavsiyalari asosida ajratilgan imtiyozli kreditlar  bo‘yicha muammoli kreditlar ulushi bor-yo‘g‘i 0,8 foizni tashkil etmoqda va 466 ta mahallada muammoli kreditlar mavjud emas. Shunga qaramasdan, mahallalar kesimida, Buxoro tumanining Bog‘dasht mahallasida 35,1 foiz, Rabotiqalmoq mahallasida 32,1 foiz muammoli kreditlar undirilmasdan, viloyatda eng yuqori bo‘lib qolayotganligi ta’kidlandi. Ayrim hokim yordamchilari faoliyatida o‘z vazifasini suiiste’mol qilish holatlari uchrab turganligi tanqidiy e’tirof etildi.

Yig‘ilish so‘nggida “Mahalla beshligi” yagona tizim asosida ishlab, barcha masalalarni birgalikda o‘rganishi va yakdilxulosaga kelishi yana bir bor eslatib o‘tildi.  

O‘zA