Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir kubogida “Qalqon” jamoasi g‘olib bo‘ldi
08:08 / 2025-06-23

Namangan davlat texnika universiteti sport zalida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi”ning hududiy bosqichida viloyat IIB JXX probatsiya guruhlari hisobida turgan yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida qayd etilganidek, shahar va tumanlar ichki ishlar organlarining probatsiya nazoratida turgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tab kelayotgan ikki mingdan ortiq yosh avlod vakillari tomonidan turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar hamda takroriy jinoyat sodir etilishining oldini olishda, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sportga jalb etish muhim ahamiyat kasb etadi.

– Final bosqichida shahar va tumanlar bosqichlarida saralangan jamoalar g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Olimpiya tizimi qoidalari asosidagi musobaqada kuchlilargina hal qiluvchi bosqichga yetib keldi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan finalda Uchqo‘rg‘on tumanining “Qalqon” jamoasi Chust tumanining “Do‘stlik” jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin Namangan tumanining “Turon” jamoasiga nasib etdi, – deydi viloyat IIB JXX probatsiya boshqarmasi katta inspektori, mayor Abrorjon Jabborov. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.