Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vazir kubogi” g‘oliblari taqdirlandi
16:31 / 2025-10-30

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” uchun maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan badiiy gimnastika musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi.

Musobaqa jarayonlari qizg‘in va ijobiy muhitda o‘tib, ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyon etdi.

Oltinsoy tumani jamoasi birinchi, Qumqo‘rg‘on tumani jamoasi ikkinchi, Sariosiyo tumani jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.  

Taqdirlash marosimida so‘z olganlar yosh gimnastikachilarni g‘alaba bilan qutlab, ularning kelgusi yutuqlariga ishonch bildirdi.

[gallery-25991]

G‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA