Vazir kubogi gʻoliblari aniqlandi
Poytaxtimizda “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” sport musobaqalari yakunlandi.
Poytaxtimizda “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” sport musobaqalari yakunlandi.Qishki taʼtil davrida oʻquvchi-yoshlarni va mahalla fuqarorlarinijismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish maqsadida 2018 yil 25 dekabrdan boshlab Toshkent shahrining barcha tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi uchun sport musobaqalari oʻtkazildi.
14 kun davom etgan mazkur sport musobaqasiga Toshkent shahridan9 ming 400 nafarga yaqin, shu jumladan, 7 ming 500 nafar yosh qamrab olindi.
Basketbol sport turining oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarida birinchi oʻrinni Yashnobod tumani 61-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari egalladi. Qizlar oʻrtasida Olmazor tumani 233-umumtaʼlim maktabi jamoasi gʻolib boʻldi.
Voleybol boʻyicha bellashuvlarda Chilonzor tumani 90-umumtaʼlim maktabi jamoasi oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi ayollar oʻrtasidagi musobaqada Shayxontohur tumani ayollar jamoasiga teng keladigani topilmadi.
Badminton sport musobaqalarida Chilonzor tumani 195-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari Muhammad Toʻlqinov va Sevinch Sodiqova gʻolib boʻlishdi.
Stol tennisi musobaqasida Mirzo Ulugʻbek tumani 209-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Samandar Rasulov oʻgʻil bolalar oʻrtasida, Chilonzor tumani 178-umumiy taʼlim maktabi oʻquvchisi Lola Qahramonxoʻjayeva qizlar oʻrtasida birinchi boʻldi.
Mini-futbol uchrashuvlarida Yashnobod tumani 227-umumtaʼlim maktabi jamoasi oltin medal bilan taqdirlandi.
Umumjamoa hisobida jami 71 ball toʻplagan Chilonzor tumani birinchi, 65 ball toʻplagan Olmazor tumani ikkinchi hamda 58 ball bilan Yashnobod tumani uchinchi oʻrinni egalladi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan kubok va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.