FOTOREPORTAJ
Mamlakatda xotin-qizlar sportini rivojlantirish, yoshlarni jismoniy faollikka keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tashabbuslarning davomi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining Namangan viloyati bosqichi yuqori ruhda tashkil etildi.
Musobaqa ochilishida vazirlik mas’ullari, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i, Namangan tumani hokimi, sport boshqarmasi vakillari ishtirok etdi hamda yosh sportchilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.
[gallery-27699]
Dastlabki bosqichlarda 12 960 nafar futbolchi qiz ishtirok etdi. Bu xotin-qizlar o‘rtasida futbolga bo‘lgan qiziqishning tobora ortib borayotganidan dalolatdir. Viloyat bosqichiga esa saralash o‘yinlarida eng yaxshi natijani ko‘rsatgan 224 nafar iqtidorli o‘quvchi yetib keldi. Maydondagi bahslar yuqori saviya, tezkorlik va murosasiz kurashlar bilan kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Namangan tumani 30-maktabning “Kelajak avlod qizlari” jamoasi ishonchli o‘yin namoyish etdi va g‘olibga aylandi. Jamoa 2026-yilning 24–30-mart kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA