Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir ish o‘rinlari bo‘yicha amaliy takliflar berdi
14:14 / 2025-07-10

Yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining bandligini ta’minlash va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish – bugungi kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlar va axborot texnologiyalari sohasida bilimga ega kadrlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, yuqori daromadli, eksportbop xizmatlar ko‘lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning IT xizmatlar eksporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan “Audiotele” kompaniyasining Farg‘ona shahridagi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishib, yurtimizda raqamli xizmatlar sektoridagi istiqbollar haqida chuqur fikr yuritishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Tashrif davomida vazir kompaniya faoliyati, ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar hamda xodimlar uchun yaratilgan ish sharoitlarini o‘rgandi.

“Audiotele”  kompaniyasi Farg‘ona shahri markazida joylashgan, barcha zarur shart-sharoitlarga ega zamonaviy binoda faoliyat olib bormoqda. Ushbu filial 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda bu yerda 120 nafardan ortiq yosh mutaxassislar yuqori daromadli ish o‘rinlarida mehnat qilmoqda. Yil yakuniga qadar xodimlar sonini 150 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tashrif chog‘ida Sherzod Shermatov kompaniya faoliyatini yanada kengaytirish, yangi loyihalarni jalb etish hamda yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.

Vazirning “Audiotele”   kompaniyasiga tashrifi yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish va raqamli sohani rivojlantirish yo‘lida amaliy takliflar bilan yodda qoldi. Bu tashrif IT xizmatlar eksporti va yoshlar bandligi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Nigora Rahmonova, O‘zA