Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir fermerlarning issiqxonachilik faoliyati bilan tanishdi
20:23 / 2025-03-30

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston tumanidagi “Orol ne’matlari” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga qarashli isitgichsiz isitiladigan 50 sotixlik issiqxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur hududda “Orzu” navli bodring ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, hozir uni parvarishlash va yetishtirishga oid agrotexnik amaliyotlar olib borilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, issiqxona ichida tomchilatib sug‘orish tizimi to‘laqonli joriy etilgan.

Shuningdek, mas’ullar tomonidan fermer xo‘jaligiga qarashli bog‘ hududida hozir pavloniya daraxtlari ekilganligi aytib o‘tildi. Bundan tashqari, bog‘dorchilik, chorvachilik va paxtachilik yo‘nalishlarida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Vazir bu yerdagi umumiy faoliyat bilan tanishar ekan, amalga oshirilayotgan agrotexnik amaliyotlarni ijobiy baholab, har bir yerdan unumli foydalanib, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘lamini oshirish bo‘yicha vazifalar belgiladi.

Shu bilan birga, mutasaddilarga issiqxonachilikda innovatsion yondashuvlarni sifat darajasida qo‘llash, tomchilatib sug‘orishga alohida e’tibor qaratish hamda ekinlarni yetishtirish jarayonida zarur agrotexnik tadbirlarni doimiy nazoratga olish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri