Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir Buxorodagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rgandi
18:23 / 2021-01-22

Maktabgacha ta’lim vazirligining Agrippina Shin boshchiligidagi ishchi guruhi Buxoro viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

Vazir Buxoro shahridagi "LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani" MCHJ homiylik mablag‘lari hisobidan qurilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish ishlari bilan tanishdi.  

Buxoro shahrining “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan mazkur tashkilot 250 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bolalarni sifatli ta’lim va tarbiya bilan qamrash maqsadida 300 o‘ringa kengaytirilishi ko‘zda tutilgan. Vazir ta’lim tashkiloti qurilishini ko‘zdan kechirar ekan, mutasaddilarga aniq ko‘rsatma va topshiriq berdi.

Vazirlik axborot xizmatining ma’lumot berishicha, shuningdek, ishchi guruh tomonidan tizimda mehnat qilayotgan pedagog-xodimlarning malakasini oshirish, ularga vazirlik tomonidan taqdim etilgan didaktik o‘yinlarni tushuntirish, ta’lim tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish mavzularida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.

O‘zA