Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazir boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryodagi MTMlar faoliyati bilan tanishdi
19:02 / 2019-05-02

Maktabgacha taʼlim vaziri Agripinna Shin boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi MTMlar faoliyati va ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


Maktabgacha taʼlim vaziri Agripinna Shin boshchiligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatidagi MTMlar faoliyati va ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Bu haqida vazirlik matbuot xizmati OʻzAga xabar qildi.

Ishchi guruhi aʼzolari Denov tumanidagi harbiylar shaharchasi, Bogʻi eram mahallasida joylashgan “SMART KIDS” xususiy maktabgacha taʼlim muassasasida boʻldi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan bu muassasada keng qamrovli qurilish ishlari amalga oshirildi. Muassasa zamonaviy uskunalar va mebel jihozlari bilan taʼminlangan boʻlib, isitish-sovutish, ventilyatsiya, oshxona, elektr, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shular jumlasidandir.

МТВ вазири 3.jpg

150 oʻringa moʻljallangan bu MTM shu yilning yanvar oyida ish boshlagan. Muassasada bolalarning jismonan va aqlan rivojlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“SMART KIDS” maktabgacha taʼlim muassasasi harbiy boʻlim hududida joylashgani sababli ishchi xodimlarning 15 nafari va tarbiyalanuvchilarning 80 foizini harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va farzandlari tashkil etadi.

Ishchi guruhning keyingi manzili Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Tinchlik mahallasida joylashgan “Kamalak” maktabgacha taʼlim muassasasi boʻldi. Ushbu muassasa davlat-xususiy sherikligi asosida “Termiz Trans Gold” MCHJ rahbari Faxriddin Xolmurodov tomonidan 2 675 milliard soʻm imtiyozli kredit asosida barpo etildi. Unga tuman hokimining 2018 yildagi qarori asosida nol qiymatda 0.45 ga yer maydoni ajratilgan. 

Fevral oyida ish boshlagan MTM 120 oʻringa moʻljallangan boʻlib, ayni kunda 90 nafar bola 4 guruhda tarbiyalanmoqda. Bu yerda 13 nafar malakali tarbiyachi faoliyat koʻrsatadi.

Muassasada rus va oʻzbek guruhlari faoliyat olib boradi. Tarbiyalanuvchilar uchun shaxmat-shashka, raqs, ingliz tili, ashula toʻgaraklari tashkil etilgan.

Termiz shahridagi 12-maktabgacha taʼlim muassasasi ham ishchi guruh eʼtiboridan chetda qolmadi.

МТВ вазири 5.jpg

300 oʻringa moʻljallangan ushbu muassasa Termiz shahar, “Pattakesar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida 1980 yilda foydalanishga topshirilgan binoda joylashgan edi.

Oʻtgan yili bu MTM kapital taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Muassasada jami 21 pedagog-xodim ishlaydi. Muassasada jami 12 ta guruh boʻlib, shundan rus tiliga moslashtirilgan guruhlar soni 5 tani tashkil etadi.

Vazir A.Shin boshchiligidagi ishchi guruh Sarosiyo tumanidagi “Sangardak” MFY hududida qurilayotgan MTMda ham boʻldi. Ushbu davlat maktabgacha taʼlim muassasasi 2 qavatli boʻladi, 100 oʻringa moʻljallangan. 

“Sangardak” MFYda ayni kunda 3-7 yoshli bolalar soni 167 nafarni tashkil etadi. Ushbu muassasa ish boshlashi bilan ulardan 100 nafari qamrab olinadi. Yangi MTMning tantanali ochilish marosimi 1 iyun kuniga belgilangan.