Vazifasidan asossiz boʻshatilgan hamshira oʻz ishiga tiklandi
Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Andijon tumanlararo sudining daʼvogar Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanseri 1-boʻlim palata hamshirasi Sh.Gning vazifasiga qayta tiklanishi boʻyicha ijro varaqasi kelib tushgan.

Mamlakatimizning amaldagi mehnat qonunchiligida ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasi asossiz bekor qilingan yoki xodim gʻayriqonuniy ravishda boshqa ishga oʻtkazilgan hollarda, oʻsha fuqaro ish beruvchi, sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
Mazkur tartib asosida Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanseriga MIB xodimlari tomonidan tegishli talabnoma yuborilib, ijro harakatlari olib borildi. Natijada Andijon viloyati Psixonevrologiya dispanseri rahbarining “xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida”gi asossiz buyrugʻi bekor qilinib, hamshira Sh.G. oʻz vazifasiga qayta tiklandi.
Qonun talablarini bilgan holda ayrim rahbarlarning bu kabi ishlarga yoʻl qoʻyishi natijasida nafaqat adolat mezonlari buzilmoqda, balki qancha-qancha odamlarning vaqtini zoye ketkazib, sarson boʻlishiga olib kelmoqda.