Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazifalar belgilab olindi
19:06 / 2014-07-29

Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishida joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishida joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev boshqargan yig‘ilishda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 17-yanvardagi majlisida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratildi.

Viloyatda joriy yilning birinchi yarmida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4 trillion 349 milliard so‘m, boshqacha aytganda, o‘sish darajasi 8,1 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,1, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8, xalq iste’moli tovarlari 5,7, chakana savdo aylanmasi 14,7, pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmi 16,9 foiz o‘sdi.

Bugungi kunda vohada 20 ming uch yuzdan ortiq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti faoliyat olib bormoqda. Hisobot davrida ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 271,8 milliard so‘m kredit ajratildi.

Bandlik dasturi ijrosi doirasida 45 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi. E’tiborlisi, uning 76,4 foizi qishloq joylarda ochildi. Ishga joylashganlarning 28 ming 755 nafari yoshlardir.

Yig‘ilishda tegishli sohalardagi mavjud muammolar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar atroflicha tahlil etildi, ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi.

Qashqadaryo viloyati faollari yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.Ibragimov so‘zga chiqdi.