Rossiya-Ukraina
Vatikan Ukraina ziddiyatini hal etish uchun “tinchlik missiyasi”ni o‘tkazmoqda. Bu haqda Rim Papasi Fransisk jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Missiya mavjud, ammo u ommalashmagan, vaqti-soati bilan hammasi oshkor qilinadi”, dedi Papa.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron yakshanba kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. “Agence France-Presse” xabariga ko‘ra, Parij Kiyevga zarur bo‘lgan barcha sohalarda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Suhbat chog‘ida “Makron Zelenskiyga Ukrainaga uzoq muddatli harbiy yordam ko‘rsatish ishini Yevropa mamlakatlari muvofiqlashtirayotgani to‘g‘risida xabardor qildi”, deyiladi xabarda.
“Kiyevga, shuningdek, uning suverenitetini himoya qilishda zaruriy ko‘makni berish ishida sodiq qolajagi” to‘g‘risida ma’lum qildi.
Ukraina Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi bilan uchta bitim imzoladi, deb xabar berdi Ukraina strategik sanoat sohalari masalalari bo‘yicha vazir Aleksandr Kamishin.
“Uning tafsilotlarini ocholmayman, ammo mazkur shartnomalar mamlakatimizga eksportda daromad keltiradi va yangi avlod qurollarini beradi”, deb xabar yozdi vazir ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.
Litva Prezidenti Gitanas Nauseda Italiyaning “La Repubblica” gazetasiga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga qo‘shilishi ehtimoli to‘g‘risidagi masala muhokamasi alyansning 11-12 iyuldagi Vilnyus sammitining eng og‘ir mavzusi bo‘lishini ta’kidladi.
“Litva shuhratparast kun tartibiga intilmoqda, biroq ba’zi davlatlar haligacha Zelenskiyga mavzu bo‘yicha kuchli xabarlar yo‘llashga ikkilanmoqda”, dedi davlat rahbari.
Nauseda Kiyevning Shimoliy Atlantika alyansiga inqiroz tugamaguncha kirishi ehtimollarini rad etdi.
“Ukrainaliklarning o‘zlari ham bu og‘ir masala ekanini bilishadi. Sammit ishida Ukrainaning NATOga kirishi to‘g‘risida “yo‘l xaritasi” ko‘rib chiqilishi ehtimoli ancha yuqori”, deb ta’kidladi prezident.
Vashington hukumati Ukrainaning Rossiya ustidan g‘alaba qozonishiga ishonchi yo‘qolgan zahoti unga qurol-aslaha yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda Virjiniya shtatidagi “Odessa bilan birodarlik kompaniya” loyihasining muvofiqlashtiruvchisi Fil Vayleyto ma’lum qildi.
AQSH mudofa vaziri Lloyd Ostin bir necha hafta avval “Yevropaning qudratli mamlakatlari, NATO o‘z navbatida Rossiya bilan urush olib bormoqda”, deb bayonot bergan edi. “Masala Ukraina emas, maqsad Rossiyani iqtisodiy kuchini pasaytirish”, dedi u Amerikaning “The Virginia Defender” nashriga suhbatda.
Chexiya boshqa ittifoqdoshlari bilan hamkorlikda Ukrainaga o‘q-dorilar yetkazib berish hajmini oshirishga harakat qiladi, deb bayonot berdi mamlakat Prezidenti Petr Pavel.
“České Noviny” nashriga intervyuda davlat rahbari Kiyevning snaryadlarga jiddiy muhtojligi haqida gapirdi. “Bu esa Kiyevning samarali himoyasini chegaralab qo‘ymoqda”.
Uning gapiga ko‘ra, ittifoqdoshlar zamonaviy tanklar berishmoqda, ammo ularga minimal darajada o‘q-dori ajratishmoqda.
Germaniya Ukrainaga ikkinchi “Iris-T SLM” zenit-raketa majmuasini yetkazib berdi. Bu haqda respublika hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Bundan tashqari, sakkizta “Zetros” avtomobili va 8x6 konteynerli ikkita yuk ko‘tarib-tushiruvchi mashinalar ham yuborildi”, deyiladi xabarda.
Ukraina Rossiya va Belarus sportchilarining har birini jiddiy tekshiruvdan o‘tkazib, ularning neytral maqomda Xalqaro dzyudo federatsiyasining qaroriga binoan o‘yinlarga ishtirok etishiga norozilik bildirdi va ularni boykot qilishini ma’lum qildi. Bu haqda Ukraina terma jamoasi bosh treneri Vitaliy Dubrov "Suspilne Sport" nashriga bergan intervyuda ma’lum qildi.
Avvalroq rossiyalik va belaruslik 2 nafar dzyudochining 7-13 may kunlari Doxada o‘tadigan jahon chempionatida qatnashishi xabar berilgan edi.
Abror XON, O‘zA