Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vaterpolchilarimiz yutug‘i
20:24 / 2014-11-11

Indoneziyada o‘tgan suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Indoneziyada o‘tgan suv polosi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Qit’a birinchiligida Yaponiya, Xitoy, Singapur, Eron, Indoneziya kabi suv sporti rivojlangan davlatlar vakillari bilan kuch sinashgan vaterpolchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallab, 2015-yil yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Turnirda terma jamoamiz a’zosi Kirill Rustamov raqiblar darvozasiga 34 to‘p kiritib, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi. 

– Ushbu musobaqada sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritishimizda Prezidentimizning yoshlar sportiga bo‘lgan alohida e’tibori va xalqimizning ishonchi muhim omil bo‘ldi, – deydi K.Rustamov. – 2015-yil yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatida ham Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun bor kuch va mahoratimizni ishga solamiz.