Alisher Navoiy nomidagiToshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilgan bayram tadbiri dastlab O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi ijrosidan boshlandi.
To‘g‘rida, vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan madhiya sadolari inson ruhiyatiga barcha so‘zlardan ko‘proq ta’sirga ega. Shundan so‘ng harbiylashtirilgan guruh yigit-qizlarining “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan chiqishlari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan Ona Vatanni himoya qilish, bilim olish, kamolotga erishish, qaysidir sohani yoki dunyoviy bilimlarni mukammal egallab ham shu zaminning munosib farzandi bo‘lish mumkinligi ta’kidlandi. Bu borada Alisher Navoiyning qoldirgan ulkan ma’naviy merosi, boy o‘gitlari ham misol qilib ko‘rsatildi. Shu kuni ayniqsa kuy-qo‘shiqlarda, milliy raqs ijrolarida vatanparvarlik tuyg‘ulari ufurib turdi. Sahnaga taklif etilgan taniqli sportchilar o‘zlarining jahon arenalarda erishgan yutuqlari misolida O‘zbekiston nomini dunyoga mashhur qilib ham Vatan oldidagi sharafli burchlarini ado qilishganini va hamon shogirdlar chiqarib, mamlatimizni mashhur qilish borasida chin dildan xizmat qilib kelayotganliklarini ruhlanib gapirib berishdi.
Albatta, Vatan tuyg‘usi, uni sevish tushunchasi aslida inson qalbiga jo bo‘lishi kerak. Zero, yurtga xizmat qilish uchun albatta harbiy libos kiyish, harbiy harakatlarda qatnashish muhim emas. Shunday tinchlik hukm surayotgan O‘zbekiston zaminida o‘zimizning ezgu amallarimiz bilan, yurt ravnaqiga hissa qo‘shishimiz bilan ham Ona Vatan oldidagi burchimizni bajarishimiz mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QM7WiTx5nCc" title="Vatanparvarlik tushunchasi targʼib qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA