Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanparvarlik timsoli
11:52 / 2025-11-15

FOTOREPORTAJ

Vatan bayrog‘i – mamlakat ramzi. Unga bo‘lgan hurmat vatanparvarlik, yuksak ma’naviyat va madaniyat darajasini anglatadi. Bu masala, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Namangan viloyati Pop tumanida harbiy ayollar, harbiy xizmatchilar rafiqalari va faol xotin-qizlar ishtirokida "Bir Vatan, bir el, bir bayroq!" shiori ostida "Yangi O‘zbekistonning vatanparvar ayollari" ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

[gallery-26273]

18 noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda boshqa hamkorlar tomonidan tashkil etilgan tanlovda opa-singillarimiz davlat bayrog‘i to‘g‘risidagi Qonun, bayrog‘imizning tarixi, tavsifiga oid bilimlarini namoyish etdilar.

Yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV  (surat), O‘zA