FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi “Yoshlik” stadionida “Men G‘olib Run” nomli vatanparvarlik ruhidagi sport tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Navoiy viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xo‘jayev, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i J. Murtozayev, “ProRun” kompaniyasi texnik direktori D. Jalimov, shuningdek, harbiy xizmatchilar, kuch tuzilmalari vakillari, oliy harbiy va maxsus ta’lim muassasalari kursantlari hamda havaskor sportchilar ishtirok etdi.
[gallery-27553]
Tadbir aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish va Vatanga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Yugurish musobaqasi 3 kilometr masofada World Athletics qoidalariga muvofiq, zamonaviy xronometraj tizimi asosida o‘tkazildi. G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA