“Vatanparvarlik oliy saodat” mavzuida sport tadbirlari o‘tkazildi
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi hamkorligida yoshlar o‘rtasida “Vatanparvarlik oliy saodat” mavzuidagi sport tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan yoshlar “Vatanparvar” tashkilotida tashkil etilgan sportning motokross, pnevmatik quroldan o‘q otish, kordli aviamodel va yozgi biatlon kabi sport seksiya va to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi va mazkur to‘garaklarda qatnashish qiziqishini bildirdi.
Shuningdek, yoshlarga o‘quv amaliy mashq avtomobillarida to‘siqlarni aylanib o‘tish hamda avtoturargohlarga mashinalarni to‘g‘ri boshqarib, to‘g‘ri joylashtirish tartibi amaliy jihatdan ko‘rsatildi.
O‘zA