FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tashabbusi bilan “Vatanparvarlik – oliy maqsadimiz!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
[gallery-16585]
Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi haykali oldida uch mingdan ziyod yosh jam bo‘ldi. Festival davomida ishtirokchilar “Vatanparvar” tashkiloti tizimidagi avtokross, motokross, karting, duatlon, biatlon, pnevmatik quroldan o‘q otish, modelizm, radiosport kabi sport seksiyalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdi, murabbiylar yordamida sport inventarlaridan foydalanib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Taniqli estrada xonandalari va harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, tarixiy sarkardalar siymosi aks etgan sahna ko‘rinishlari va harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA