Yoshlarning ijodiy salohiyati va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “UWED WEEK” haftaligi boshlandi.
E’tiborli jihati shundaki, bu yil mazkur tadbir ilk bor Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti bilan birgalikda o‘tkazilyapti.
Ikki ta’lim dargohi hamkorligi doirasida tashkil etilgan Harbiy vatanparvarlik klubi yoshlarning sohaga qiziqishini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lida tashlangan muhim qadamdir.
JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.Yusupjonov haftalikning ahamiyatiga to‘xtalarkan, talabalar o‘ziga xos faollik, ijodkorlik namoyon etayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir mehmoni – xitoylik professor Vang Veyong O‘zbekiston va Chin mamlakati o‘rtasidagi yaqin hamkorlik, har ikki davlatda yoshlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar xususida fikr bildirdi.
Ta’kidlash joiz, bunday anjumanlar o‘g‘il-qizlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, o‘zaro do‘stlik va jipsliklik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mziWBrZcAbE" title="Vatanparvarlik – oliy burch va saodat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Anvarxo‘ja (video), O‘zA