Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanparvarlik oiladan boshlanadi
09:48 / 2024-01-27

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Samarqand viloyati boshqarmasida “Vatanparvarlik, shukronalik oiladan boshlanadi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlar bugun milliy armiyamizning moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish hamda harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor haqida gapirdi.  

Ayniqsa,  harbiy xizmatchilarning oilasidagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yaratib berilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlarning barchasi oilalarning mustahkamligi,  farovonligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo‘mondoni tashabbusi bilan tashkil etilgan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari bilan ishlash guruhi ofitseri lavozimining ish faoliyati va majburiyati  hamda oilalar bilan ishlash jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar berib o‘tildi. 

– Darxaqiqat, oila Vatan ichra kichik bir Vatan. Shunday ekan, har qanday oila  tinch va totuv bo‘lmog‘i lozim,–deydi  Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari Zebo Saidova.– Mustahkam oila esa jamiyat uchun munosib vorislarni kamol toptirishi bilan muhim o‘rin tutadi.    

Darhaqiqat,  oila atalmish qo‘rg‘onning mustahkam bo‘lishida oiladagi sog‘lom muhit muhim ahamiyatga ega.  

Tadbir davomida esa harbiy xizmatchi va xodimlarning oila a’zolari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

 

N.Rahmonova,  

O‘zA muxbiri