Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi
20:51 / 2023-06-06

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi hamda qator idoralar hamkorligida 7 kunlik alohida dastur asosida “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish orqali harbiy xizmatga qiziqtirish, kasb-hunarga o‘qitish maqsadida hududlarda yoshlar uchun tashkil etilgan oromgohda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan kelgan 220 nafar o‘g‘il-qiz ishtirokida mashg‘ulot, trening va seminarlar o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, “Vatanparvar” tashkilotining harbiy-texnikalari ko‘rgazmasi namoyish qilindi. Kamondan o‘q otish musobaqalari uyushtirildi.

Shuningdek, yakka tartibda “Psixolog qabuli”, turli psixologik o‘yinlar va trening mashg‘ulotlari, sport musobaqalari va bellashuvlar, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion treninglar, intellektual o‘yinlar, shaxmat musobaqalari, madaniy dasturlar hamda diskotekalar bo‘lib o‘tdi.

Oromgoh yakunlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlar rag‘batlantiriladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA