Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanparvar yoshlar yurt kelajagi
10:38 / 2025-04-10

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida “Dunyodagi eng kuchli jangchi bu o‘zbek jangchisi” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Unda mazkur boshqarmaning mehnat faxriylar kengashi raisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi bo‘lim boshlig‘i, xizmat davomida yuqori natijalarga erishgan harbiy xizmatchilar hamda  Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablarining 180 nafar o‘quvchi-yoshlari qatnashdi. 

Dastlab Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Faxriy ustozlar “Dunyodagi eng kuchli jangchi bu o‘zbek jangchisi” shiori ostida yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, boy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish kerakligi ta’kidlandi. 

– Yoshlarga yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini berish kerak, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi bo‘lim boshlig‘i Erkin Sharopov. – Shuningdek, suhbatlarimiz davomida ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarning jahon sivilizatsiyasi hamda harbiy san’at rivojiga qo‘shgan hissalari haqida fikr almashyapmiz. 

Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar uchun maxsus vazifalarni bajaruvchi otryad shaxsiy tarkibining ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari namoyish etildi. Malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmali qurollar o‘quv nuqtalari ya’ni harbiy texnikalar va qurol-aslahalar, tog‘ tayyorgarligi anjomlari, harbiy xizmatchilarni bir kunlik oziq-ovqat va kiyim-kechak ta’minotlari, harbiy aloqa vositalari hamda tibbiy anjomlar bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarga otlarda sayr qilish imkoni yaratildi. Bu kabi ochiq muloqotlar Toshkent viloyati hududlarida davom etmoqda.   

A.Musayev, O‘zA