Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatanparvar“ tashkiloti xabarlari: Yoshlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi
14:32 / 2019-10-31

Navoiy viloyati Nurota tumanida “Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasini birgalikda yaratamiz” shiori ostida yoshlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi.


Navoiy viloyati Nurota tumanida “Yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasini birgalikda yaratamiz” shiori ostida yoshlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi.

Nurota tumani hokimligi, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Nurota tumani o‘quv sport texnika klubi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman kengashlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 100 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

Velomarafon g‘olib va sovrindorlariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

***

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha shahar birinchiligi o‘tkazildi.

Navoiy shahar konchilik kolleji o‘q otish majmuasida bo‘lib o‘tgan musobaqada shahar O‘STK o‘q otish seksiya a’zolari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada faxrli 1-o‘rinni Jafar Anatoliev qo‘lga kiritdi. 2-o‘ringa Bobur Abduhamidov, 3-o‘ringa esa Ruslan Bekmurodov sazovor bo‘ldi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga “Vatanparvar” tashkiloti esdalik sovg‘alari topshirildi.