Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Vatanparvar» tashkiloti sportchilaridan yana bir g‘alaba
09:30 / 2022-09-26

Qozog‘iston Respublikasining Baykonur shahrida raketamodel sporti bo‘yicha «Baykonur Kubogi-2022» xalqaro sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Rossiya Federatsiyasi hamda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Belarus respublikalari terma jamoalaridan 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti sportchilaridan iborat milliy terma jamoa mamlakatimiz sha’nini munosib himoya qildi.

Shiddatli va murosasiz kechgan ushbu bellashuvda sportchilar o‘zlari tomonidan yaratilgan raketa modellari va ularning ochiq osmonda nechog‘lik parvoz qilish imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon etdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, nafaqat hamyurtlarimizning, balki tadbirni qiziqish bilan kuzatib borgan butun dunyo raketamodel sporti ixlosmandlari olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, yakka bahslarda «Vatanparvar» tashkiloti sportchilari quyidagi yuqori o‘rinlarni egalladilar:

1. Najmiddin Zaylidinov: oltin va bronza medallari (Namangan viloyati);

2. Farhod Bakiyev: oltin medali (Samarqand viloyati);

3. Hayotbek Qurbonaliyev: kumush medali (Namangan viloyati);

4. Firdavs Gulmurodov: kumush medali (Buxoro viloyati);

5. Samandar Soqiyev: bronza medali (Namangan viloyati);

«Vatanparvar» tashkiloti jamoasi ushbu nufuzli musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan qaytgan sportchilarini samimiy qutladi,  deya xabar beradi  O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, «Vatanparvar» tashkiloti bir qator xalqaro sport tashkilotlari, jumladan, Xalqaro aeronavtika federatsiyasi (FAI)ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi.


O‘zA