Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatanparvar” tashkiloti sportchilari jahon kubogida sovrindor bo‘ldi
11:33 / 2022-07-20

Qozog‘istonning Almati shahridagi Bayserke o‘quv-sport aerodromida erkin uchar aviamodellar bo‘yicha jahon kubogi va Yevroosiyo kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Vatanparvar” tashkiloti matbuot xizmati xabar berdi.

Unda turli davlatlardan tashrif buyurgan 120 dan ortiq sportchilar o‘zlari tomonidan yaratilgan samolyot modellari va ularning ochiq osmonda nechog‘lik parvoz qilish imkoniyatlariga ega ekanligini namoyon etdilar. 



Bellashuvlarda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining aviamodel sportchilaridan iborat jamoasi yuqori natijalarga erishib, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi. 

Qizg‘in va shiddatli kechgan bahslar yurtdoshlarimiz uchun quyidagi natijalar bilan yakunlandi. Jumladan, jahon kubogida Toshkent viloyatidan Vadim Vasilev 1-o‘rin, Aleksey Bundin 2-o‘rin, Alisher Mirzayev va Valeriy Vardanyan 3-o‘rin, Yevroosiyo kubogida Shamsiddin Bobonev 2-o‘rin, Shavkat Ismatillayev 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Jahon kubogi va Yevroosiyo kubogi musobaqalarida sportchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Vatanparvar” tashkiloti jamoasi ushbu nufuzli musobaqalarda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga musharraf bo‘ldi. 



O‘zA