Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatanparvar – mening tanlovim!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
16:32 / 2021-05-11

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida yoshlar o‘rtasida “Vatanparvar — mening tanlovim!” shiori ostida ochiq eshiklar kuni hamda Chilonzor o‘quv-sport texnika klubining yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi, Yoshlar agentligining Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar hokimligi vakillari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar, maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.  

Tadbir doirasida poytaxtimizning markaziy ko‘chalaridan “Vatanparvar” tashkilotining sport hamda o‘quv avtomobillari, velosipedlar hamda mototsikllardan iborat O‘zbekiston Respublikasi va “Vatanparvar” tashkiloti bayrog‘i o‘rnatilgan avtokarvon poytaxtimiz markaziy ko‘chalari bo‘ylab yo‘l oldi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha ko‘rgazma, pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqasi, YHX bo‘yicha suhbat va viktorina, harbiy chiqishlar hamda madaniy dasturlar tadbir ishtirokchilari va mehmonlari qalbida o‘zgacha taassurot qoldirdi.

[gallery-2374]

Bu kabi tadbirlar yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlab, sportning texnik va amaliy turlariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi hamda o‘zlari qiziqqan sport turlari bilan shug‘ullanishga undaydi. Bu kabi hissiyotlar ila kamol topgan yoshlarimiz kelgusida yurt sharafini yanada yuksaltirishi, shubhasiz.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA