Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanning sodiq o‘g‘lonlari taqdirlandi
17:15 / 2024-01-06

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar ishtirokida Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Vatanini sevgan, uni ko‘z qorachig‘idek asraydigan, istiqloli va istiqboli, osoyishtali va farovonligi uchun jonini ham tikishga tayyor bo‘lgan harbiylarni bayram bilan tabriklab, mashaqqatli, ammo sharafli kasblarida muvaffaqiyat tiladi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan, o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarashli Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan 45 nafar harbiy xizmatchining 46 nafar farzandiga oliy o‘quv yurtlariga kirishi uchun imtiyozli tavsiyanomalar taqdim etilgan. 20 ga yaqin harbiy xizmatchiga imtiyozli kredit asosida uy-joy berilgan. 

[gallery-15347]

Tadbirda yakunlangan 2023 yil mobaynida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov va musobaqalarda g‘alaba qozongan 25 nafar harbiy xizmatchi va ularning oila a’zolari e’tirof etildi. 

Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini oshirish, harbiy an’analarni yanada mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizga munosib mard va jasur, bilimli va jismonan baquvvat Vatan himoyachilarini tarbiyalashda ushbu musobaqalarning o‘rni beqiyosdir.

Tadbir so‘ngida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanni math etuvchi kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 

Shuningdek, tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. 

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA muxbirlari