Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanning sheryurak bahodiri
11:59 / 2021-06-17

Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida Jaloliddin Manguberdi jasoratiga bag‘ishlangan “Vatanning sheryurak bahodiri” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Jaloliddin Manguberdining hayoti va faoliyati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borgan olimlar ushbu siymo shaxsiyati jahon tarixida juda kam uchraydigan hodisa ekani, Vatan erkinligi yo‘lidagi qahramonligi va fidoyiligi bizning bugungi tinch va xotirjam hayotimizni asrab-avaylash, mamlakat taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashashga da’vat etishini alohida ta’kidlashdi.

Jaloliddin Manguberdi siymosi gavdalantirilgan spektakldan parchalar namoyish etildi. San’atkorlarning mardlik va jasoratni madh etuvchi qo‘shiqlari ishtirokchilarga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

 

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA