Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Respublika yosh ijodkorlarning Zomin seminari doirasida "Rahbar va yoshlar" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bugungi globallashuv davrida yoshlarning tarbiyasi, ularning ongu tafakkuri himoyalashda mudom hushyorlik davr talabtiga aylanganini alohida e’tirof etdi.
- Bizning vazifamiz yoshlarning ko‘tarishiga gard qo‘ndirmay, ularni bezavol kamolga yetkazishdir, - dedi Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid. - Zero, davlatimiz rahbarining har bir ezgu g‘oyasi, ibratli tashabbuslarni zamirida yoshlar kelajagiga bo‘lgan yuksak e’tibor mujassam. Bugun zamon shiddatli va murakkab. She’r yozganda juda katta marralarni ko‘zlab yozish kerak. Hazil she’rlar ham kerak, lekin dunyoni o‘zgartirish qudratiga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi ezgu va ijobiy o‘zgarishlarni aks ettiradigan, odamlar qalbiga ezgulik, yaxshilik , yorug‘lik olib kiradigan she’rlarga ehtiyoj katta. Yoshlarimiz she’r yozganda ayni jihatlarga e’tibor qaratishlarini istardim. Yaqin kelajakda niyatimiz borki, Markaziy Osiyo yosh ijodkorlari seminarini o‘tkazishni ko‘zda tutmoqdamiz.
[gallery-24224]
Uchrashuvda Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev mamlakatimizdagi bu kabi loyihalar adabiyot, millat va ayniqsa, yoshlar ma’naviyati rivojiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.
- Mana shu tinchlik yurtimizdagi , xonadonimizdagi tinchlikning diydori, - dedi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir. - Bu diydor chirog‘ini Prezidentimiz yoqqanlar.Shunisi diqqatga sazovorki, seminarning har bir qatnashchisining ko‘zida nur bor, millatning nuri bor, Vatanni, millatni tanish, uni ulug‘lash ishtiyoqi bor.
- Zomin seminari an’anaga aylanganiga juda xursandmiz, - dedi Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev. - Bu ijodiy bayram, she’rxonlik kechalari, mushoiralar bir dunyo quvonch bag‘ishlardi. Bir vaqtlar bu seminar to‘xtab qolganida, odamlar juda xafa bo‘lgandi. Uning qayta tiklangani barchani quvonirdi. Yil sayin bu seminarning maqomi va mavqei yuksalib bormoqda. Biz ham garchi shoir bo‘lmasa-da, o‘zimiz ham uning ishini juda ishtiyoq bilan kuzatib boramiz.
- Zomin seminari bizlarga juda foydali bo‘ldi, - dedi yosh ijodkor Umrinisa Abdullayeva.- Xatolarimiz, kamchiliklarimizni anglab yetdik.
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi juda baland ruhda o‘tdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LJwOn2iPdYM" title="Vatanni ulug‘lash ishtiyoqi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nazokat Usmonova, Jamshid Yorbekov (surat), O‘zA