English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanni sog‘inib dunyo kezganlar... (+video)
18:20 / 2024-10-05

O‘zbekning elchisi

Chinakam o‘zbek farzandi dunyoning qaysi nuqtasida bo‘lmasin, Ona diyori bilan bog‘liq asl urf-odat, ana’ana, din-u diyonatga sodiq yashaydi. “Men O‘ZBEKMAN” deya qaddini tik tutadi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi o‘z obunachilari e’tiboriga yangi “O‘ZBEKNING ELCHISI” loyihasini taqdim etmoqda. Bugundan boshlab ushbu dastur orqali xorijda faoliyat yuritayotgan – ishlayotgan yoki tahsil olayotgan bir vatandoshimiz bilan siz uchun qiziqarli va foydali mavzularda suhbat olib borishni niyat qildik.

Ilk mehmonimiz – AQSHda bir necha yildan beri yashab, ayni payt Arizona universitetida ilm olayotgan Umida Isroilova.

Umidaning ingliz, rus, fransuz va turk tillarini mukammal bilishi, tirishqoqligi, intiluchanligi tufayli o‘tgan davr mobaynida Angliya va Turkiyada ham ta’lim olib kelgani tahsinga loyiq.

– Vatan sog‘inchi hissini biroz qondirish, zimmamizdagi vazifani unutmaslik uchun xonaga yurtimiz bayrog‘ini ilib qo‘yganmiz, – deydi Umida.

Suhbatni O‘zAning “Youtube” sahifasida to‘liq ko‘rish mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ubnqipGqO-Y" title="Vatanni sogʻinib dunyo kezganlar..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo, O‘zA