French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanimiz turkiy davlatlar fotograflari nigohida
18:28 / 2023-07-20

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida "O‘zbekiston Turk dunyosi fotograflari uchrashuvi" ma’rifiy loyihasi o‘tkazildi.

Shu yilning 30 iyun kuni start olgan ma’rifiy loyihada 14 ta turkiy davlatdan 21 nafar fotograf ishtirok etdi.

Turkiy tilli davlatlarning fotomusavvirlari qariyb yigirma kun davomida mamlakatimizning barcha go‘shalarida bo‘lib, turistik manzillar, diqqatga sazovor maskanlar, tarixiy obidalar, milliy an’ana va qadriyatlarimizni suratga oldilar.

Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etilgan fotoko‘rgazmani ushbu ijodiy loyihaning sarhisobi atash mumkin.

Ko‘rgazmaning ochilishida  O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Sulton Rayev, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov O‘zbekistonda TURKSOY platformasi doirasida biri-biridan qiziqarli loyihalar, ko‘rgazma, ijodiy marafonlar, tanlov, festivallar o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

Ko‘rgazmadan joy olgan fotosuratlarda turkiy tilli davlatlar ijodkorlarining O‘zbekistonga mehri aks ettirilgan.

N.Usmonova, O‘zA