Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz
12:10 / 2020-11-18

Bugun O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi maydonda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 29 yilligiga bag‘ishlangan “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz,g‘ururimiz” mavzuidagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,Toshkent shahar hokimligi, qator davlat va jamoat tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan tadbirda siyosat va madaniyat namoyondalari, yozuvchi va shoirlar, deputatlar, talaba-yoshlar, san’atkorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.

Bayram dasturi avvalida madhiyamiz yangradi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqilligimiz, davlatimiz ramzlari, uning mazmun-mohiyati haqida so‘zlashdi.

Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, rolik va sahna ko‘rinishlari namoyish etilmoqda.Bayram karantin qoidalariga rioya etilgan holda bo‘lib o‘tmoqda.

Gulnoza Boboyeva, Muhammad Amin(surat), O‘zA