Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga xizmat – oliy burch
15:24 / 2019-09-03

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida birinchi bosqich kursantlarining harbiy qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida birinchi bosqich kursantlarining harbiy qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Sergeli tumani hokimligi mutasaddilari, professor-oʻqituvchilar, kursantlarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev, institut boshligʻi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi, polkovnik Dilshod Toxtamurodov va boshqalar mamlakatimizda olib borilayotgan yangidan-yangi islohotlar zamirida xalqimiz, ayniqsa, yoshlar manfaati koʻzlanganini qayd etdi.

Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida 700 nafarga yaqin kursant tahsil olmoqda. Ularning 150 nafardan ortigʻi birinchi bosqich tinglovchilari hisoblanadi.

Qasamyoddan soʻng institutning yuqori bosqichlarida aʼlo baholarda oʻqiyotgan va jamoatchilik ishlarida oʻrnak boʻlayotgan iqtidorli kursantlarga faxriy yorliqlar topshirildi.

– Oliy harbiy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirish har bir yigit kishini orzusi, – deydi birinchi bosqich kursanti Lazizbek Farmonov. – Bugun safdoshlarim bilan harbiy qasamyod qabul qilganligimiz bizga yanada masʼuliyat, faxr va gʻurur bagʻishladi. Ishonamanki, men va safdoshlarim oʻz qasamyodimizga sodiq qolib, ona Vatanimiz, Prezidentimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilib, yigitlik burchimizni mardonavor ado etamiz.