Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga sadoqat qasamyodi
15:32 / 2025-04-28

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yosh askarlarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda boshqarma shaxsiy tarkibi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda askarlarning ota-onalari ishtirok etdi. Yaqindagina ustiga askarlik libosini kiygan o‘g‘lonlar xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini muhofaza qilish yo‘lida xizmat qilishga tantanali tarzda va’da qildi. 

[gallery-23048]

Marosim davomida harbiy orkestr ishtirokida safda yurish va jangovar intizom namoyish etildi. Yoshlar ijrosidagi vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 

Shu kuni har bir askarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sovg‘a sifatida “O‘zbekiston tarixi – Temur tuzuklari” kitoblari taqdim etildi. Bu esa yosh askarlarda milliy g‘urur va tarixiy merosga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA