French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga sadoqat — islohotlar markazida
19:21 / 2026-01-19

Jizzax viloyatida “Vatan uchun xizmat — eng oliy baxt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv hamda 524-Safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni tashkil topganining 22 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar bilan uyg‘un holda o‘tkazilgani bilan ahamiyatlidir.

Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, 524-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalioni, Jizzax garnizonidagi harbiy qismlar, Jizzax harbiy prokuraturasi hamda faxriylar hamkorligida tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilar, xizmat faxriylari, mas’ul rahbarlar va yoshlar ishtirok etib, Vatanga sadoqat, harbiy burch va fidoyilik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining o‘rni beqiyos. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil yanvar oyida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Qurolli Kuchlarni isloh qilish, harbiy xizmatni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, ofitser va askarlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yig‘ilishda harbiy xizmatchilar, ayniqsa, askarlar uchun pul ta’minotini oshirish, ijtimoiy imtiyozlarni kengaytirish, xizmat va yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.  

[gallery-27192]

524-Safarbarlik chaqiruv rezervi bataloni o‘tgan 22 yil mobaynida mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash, harbiy tayyorgarlikni oshirish va vatanparvar kadrlarni shakllantirishda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tadbir davomida batalion faoliyati, erishilgan natijalar hamda shaxsiy tarkib tomonidan xizmat jarayonida namoyon etilgan jasoratli ishlar alohida e’tirof etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv doirasida yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat va harbiy kasbga muhabbat ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Fidoyi harbiylar va faxriylar o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yosh avlodni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga da’vat etishdi.

Tadbir yakunida faol harbiy xizmatchilar batalon qo‘mondonligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.    

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari