Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga qasamyod yuksak sharaf
10:41 / 2023-04-24

Qurolli kuchlar safida o‘z yigitlik burchini o‘tash uchun muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan o‘g‘lonlar Vatanga qasamyod qilmoqda. Ana shunday tadbirlarning biri Sirdaryo tumanidagi harbiy qismda o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar askarlarga ona Vatanni qo‘riqlashdek sharafli burchni bajarishda omad tilashdi. Shundan so‘ng askarlar Vatan oldidagi burchini halol bajarishga bel bog‘lab, vijdoni, or-nomus va sha’nini o‘rtaga qo‘yib, O‘zbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq bo‘lishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda qasamyod qildi. 

Sh.Suyarov, 
Sh.Ortiqboyev, (suratlar) O‘zA