Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga qasamyod – yuksak mas’uliyat
11:40 / 2022-04-19

Qarshi shahridagi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara Qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan birida 2022 yildagi muddatli harbiy xizmatchilar uchun “Vatanga qasamyod” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara Qo‘shinlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, qasamyod qabul qiluvchi oddiy askarlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. Tadbirda muddatli harbiy xizmatchilar barchaning guvohligida, tantanali ravishda vatanga qasamyod qabul qildi. 

Tadbir davomida oddiy askarlar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi va saf ko‘rinishlari hamda serjant D.Amanovning “Savana” laqabli xizmat iti ishtirokidagi chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

 Harbiy qasamyod tadbiri el suygan taniqli san’atkorlarning vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari bilan yanada fayzli bo‘ldi. 

– Vatanga qasamyod – yuksak mas’uliyat deganidir, – deydi jizzaxlik oddiy askar Jahongir Kimsanboyev. – Biz bugun shunchaki qasamyod qabul qilmadik, xalqimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi uchun, haqiqiy yigitlik ori, g‘ururini o‘rtaga qo‘ydik. Ona vatan tinchligi, xavfsizligi uchun  jonimizni berishga ham tayyormiz.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.