Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Vatanga qasamyod” monumentiga gulchambarlar qo‘yildi
16:42 / 2021-01-14

“Vatanga qasamyod” monumenti 2010 yil 12 yanvarda ochilgan edi.

Poytaxtimizdagi o‘zida chuqur hayotiy falsafani, teran ma’no-mazmunni ifoda etgan Bu majmuada Vatan xizmatiga chog‘langan o‘g‘lon davlatimiz timsoli – muqaddas bayrog‘imizni o‘pib, yurt himoyasi uchun, qutlug‘ zaminning har qarich tuprog‘ini asrash uchun tayyorman, deb tiz cho‘kib qasamyod qilayotgani ifoda etilgan.  

Ona Vatan timsoli – mo‘’tabar ona harbiy xizmatga otlangan aziz farzandiga fotiha berib, oq yo‘l tilamoqda. Ushbu haykal siymosida Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan ming-minglab shijoatli yoshlarimizning yuksak orzu-intilishlari o‘z aksini topgan. Ayni paytda “Vatanga qasamyod” haykali oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonida, xususan, kursantlarning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini yuksaltirishda o‘ziga xos monumental darslik bo‘lmoqda. Uni tomasha qilishga aholi va yoshlar muntazam kelib turishadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berishicha, 14 yanvar kuni monument hududi har qachongidan ham gavjum bo‘ldi. Harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar muqaddas Vatan himoyachisi ramzi bo‘lgan monumentga harbiy orkestr sadolari ostida gulchambarlar qo‘yishib, ehtirom ko‘rsatishdi.

 O‘zA