Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga qasamyod – eng oliy sharaf
14:33 / 2023-09-25

Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtida Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali “Vatanga qasamyod” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Marosimda mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, bilim yurtining mas’ul ofitserlari, kursantlar, ularning oila a’zolari, faxriylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Aslida Vatanga qasamyod qanchadan-qancha sarkardalarimiz, botirlarimiz tilida yangragan va so‘nggi nafasgacha yurakda saqlanadigan muqaddas ontdir. Marosimda so‘zga chiqqanlar yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yo‘lidagi islohotlar haqida gapirdi va kursantlarning o‘qish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Kursantlar Vatan oldidagi burchini halol bajarishga bel bog‘lab, vijdoni, or-nomusi va sha’nini o‘rtaga qo‘yib, O‘zbekiston Respublikasiga, xalqiga va Prezidentiga bir umr sodiq bo‘lishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali qasamyod qildi.

A.Musayev, O‘zA