Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga muhabbat madh etildi
10:06 / 2024-06-15

Termiz shahridagi San’at saroyida “Vatan manzumasi” madaniy-ma’rifiy kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Madaniyat vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, davlat va jamoat tashkilotlar hamda kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etildi.

Yosh avlodni ona Vatanga, o‘z millatiga sodiq, vatanparvar, ertangi kun uchun mas’uliyatni teran anglaydigan insonlar etib tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan ushbu kecha she’riyat, kuy va navo, sahna asarlari uyg‘unligida o‘zgacha shukuh kasb etdi. 

[gallery-17861]

O‘zbek she’riyati namoyandalari – Erkin Vohidov, Sa’dulla Hakim, Halima Xudoyberdiyeva, Mahmud Toir ijodiga mansub Vatan haqidagi she’rlar Guljamol Asqarova, Muhammadali G‘afforov, Sitorabonu Shomurodova, Nozima Habibullayeva tomonidan maromiga yetkazib o‘qildi. Tadbirda ona Vatan, tinch va osuda hayotimizni o‘z jonidan aziz bilgan mard harbiylarning tabarruk xotirasi yodga olindi. 

Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya ashula va raqs ansambllarining chiqishlari davraga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan surat), O‘zA