Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatanga muhabbat – elu yurtga beminnat xizmat qilish (+video)
14:19 / 2023-12-25

Ozod va obod Vatanda o‘sayotgan, qalbi pok his-tuyg‘ularga to‘la yoshlarning orzulari bir olam bo‘ladi. Vatanga muhabbat, ota-onaga, el-yurtga beminnat xizmat qilish, ularning oldidagi farzandlik burchini sidqidildan ado etish o‘sha orzularning eng ulug‘laridan sanaladi.

Bu orzuga erishish uchun inson bolalikdan boshlab o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, zarur bilim, ko‘nikma va kasb-hunarni egallamog‘i, jismonan baquvvat, ruhan sog‘lom bo‘lmog‘i lozim.  

Mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati aynan yoshlarimiz kelajakda yurtimizga munosib o‘g‘il-qizlar bo‘lib yetishishi uchun yaratilayotgan zamin hisoblanadi.  

“Yosh gvardiyachilar forumi” doirasidagi tadbir ham minglab yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.  

Unda “Temurbeklar maktabi” Harbiy musiqali akademik litseyi hamda Respublika bo‘yicha Milliy gvardiyaga biriktirilgan 56 ta maktabning “Harbiy vatanparvarlik” sinflari o‘quvchilari ishtirok etdi.  

Tadbir avvalida Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida yoshlarga barcha sohada o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.  

— Milliy gvardiya ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, namunali xulqi va a’lo baholari bilan sinfdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yuzga yaqin o‘quvchilar qo‘mondon tomonidan munosib rag‘batlantirildi, — deydi Milliy gvardiya Markaziy devoni boshqarma boshlig‘i Zafar Alimov. —Bunday tadbirlar kelgusida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2ZH80RplgEc" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

“Temurbeklar maktabi” o‘quvchisi Nurbek Najmiddinov bolaligidan harbiy bo‘lishni orzu qiladi. U “Temurbeklar maktabi”da a’lo baholarga o‘qiydi. Muntazam ravishda fan olimpiadalarida qatnashib, fizika va matematika fanlaridan faxrli o‘rinlarni egallagan. Hozirda kompyuter savodxonligi hamda ingliz tilini mukammal o‘rganmoqda.  

Shuningdek, tadbirda so‘z olgan bir nechta faol yoshlar ham yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va sharoitlarni faxr bilan tilga olib, mulohazalarini bayon qildi.  

N.Rahmonova, A.Ahmedov (video), O‘zA