“Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni” - AQSHda
AQSHda davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni" bo‘lib o‘tdi.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan vatandoshlar va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan mazkur marafon davomida muvaffaqiyatli biznesni yo‘lga qo‘ygan vatandoshlar, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlikka qiziqqan yoshlar bir maydonda yig‘ildi.
Tadbirda qayd etilganidek, Prezidentimiz bilan uchrashuv bu, albatta, yoshlarimizga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tiborning yorqin belgisi bo‘ldi.
Samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan marafon yoshlar uchun nafaqat biznes, balki do‘stlik va xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi.
Bu kabi loyihalar yoshlarimizning global maydonga dadil chiqishi uchun ulkan imkoniyatdir.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA