Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatandoshlar nimalar haqida fikrlashdi?
18:39 / 2022-01-17

«Vatandoshlar» jamoat fondi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorlikda «Vatanparvar oyligi» doirasida ZOOM platformasi asosida tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida «Vatandoshlar» jamoat fondi Boshqaruv raisi O.Sattorov sarhadlarimizda xizmat qilayotgan o‘g‘lonlarni, xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi, Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy qutladi.

Ma’lumki, mamlakatimiz yetakchisi tomonidan tashkil etilgan «Vatandoshlar» jamoat fondi xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni jipslashtirish, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizning salohiyatini yurtimiz taraqqiyotiga samarali yo‘naltirishdek maqsadlarni ko‘zlaydi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxona vakillari, 200 ga yaqin vatandoshlar hamda ularning jamoat birlashmalari rahbarlari, siyosiy arboblar, san’at va madaniyat xodimlari ishtirok etdi. Ushbu tadbir Fondning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola etildi.

O‘zA