Xabaringiz bor, yurtimizning har jabhasida Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazib, nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milliy gvardiya harbiylari bilan hamkorlikda “Vatan uchun yashaylik” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.
Har yili mustaqillik bayrami Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va xalqaro obro‘siga mos tarzda tashkil etilib, ushbu tadbirlar orqali milliy o‘zlik, vatanparvarlik va xalq birdamligini namoyon etishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur bayram Qoraqalpog‘iston, barcha viloyatlar, shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq shodligi sifatida o‘tkaziladi. An’anaviy "Ona diyor – ranglar jilosida", "Vatan uchun yashaylik!" hamda "Eng ulug‘, eng aziz" kabi ko‘rik-tanlovlar yuksak saviyada tashkil etiladi. Ular orqali yurtga sadoqat, madaniyat va an’analar targ‘ib etiladi. Tadbirlar orqali xalqni yanada birlashtirish, mustaqillik qadrini anglash va milliy g‘ururni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkazilgan tadbir ham ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi degan umiddamiz.
<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/7-tunHFWxJc" title=""Vatan uchun yashaylik!" ma’naviy-ma’rifiy kechasi o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov, O‘zA