“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
Buxoro shahridagi NNT va Do‘stlik uyida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashi tomonidan davlat mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatdagi mavjud 12 ta milliy madaniy markazlarning rahbarlari va ularning a’zolari qatnashdi. Unda Buxoro viloyat Kengashi raisi Maqsud Hamidov so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, millatlar va konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik va birdamlikning yurt taraqqiyotidagi o‘rni haqida alohida to‘xtaldi.

Tadbirda turli millat va elat vakillari mamlakatimizda yaratilgan tinchlik va totuvlik muhiti teng imkoniyatlar, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash borasida o‘z fikrlarini bildirdi.


Shuningdek, O‘zbekistonda turli millat vakillari uchun yaratilgan keng shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirib, mustaqillik va do‘stlikning abadiy bo‘lishini tilashdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.