Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
15:27 / 2025-08-08

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Bayram kechasida tuman hokimligi vakillari, nuroniylar, shoirlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda yoshlar ishtirok etdi.    

Dastlab harbiy qism komandiri mehmonlarni “Adiblar xiyoboni”dagi Surxon milliy etnomadaniyatini aks ettiruvchi joylar bilan tanishtirdi. U yerda harbiy xizmatchilar milliy urf-odatlarimiz va jadid bobolarimiz bosib o‘tgan yo‘llarni sahna ko‘rinishi orqali aks ettirdi.

Tadbirning ikkinchi qismi harbiy qism madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Yurt posbonlari va ularning oila a’zolari uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. Qumqo‘rg‘on tuman madaniyat uyi xodimlari ijrosidagi sahna ko‘rinishi orqali jadid bobolarimizning va boshqa ma’rifatparvarlarning yurt taraqqiyoti yo‘lida qilgan xizmatlari esga olindi.

[gallery-24661]

San’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari, baxshilarning terma dostonlari ishtirokchilar qalbida faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi. 

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA