FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatining olis hududlaridan biri bo‘lgan Sariosiyo tumanining Aeroport mahallasida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbirida harbiy xizmatchilar aholiga xush kayfiyat ulashish, eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz – mustaqillik shukuhini xalqimiz orasida keng targ‘ib etish uchun jonbozlik ko‘rsatdi. Harbiy orkestr va xonandalarning kuy-qo‘shiqlari barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Vatanni asrash, uning har qarich yerini ko‘z qorachig‘idek himoya qilish kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan film namoyishi esa yoshu qarini birdek to‘lqinlantirdi.
[gallery-24449]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA